«kasbi tumani» tegli maqolalar


Qashqadaryoda 150 tup daraxt qo‘porib olingani aniqlandi
2 fevral 2024, 11:13

Qashqadaryoda 150 tup daraxt qo‘porib olingani aniqlandi

Kasbi tumanida Toʼpalang HPD Holding MCHJ mas’ullari kanal qirg‘og‘idagi 150 tup daraxtni ildizlari bilan qo‘porib oldi. Buning oqibatida tabiatga 1,1 mlrd so‘m zarar yetgan. Aybdorlarga chora ko‘rish maqsadida hujjatlar prokuraturaga yuborildi.

Qashqadaryoda 500 ming so‘m pora olgan shifokor 5 yilga qamaldi
17 yanvar 2022, 13:49

Qashqadaryoda 500 ming so‘m pora olgan shifokor 5 yilga qamaldi

Kasbi tumani tibbiyot birlashmasi boshlig‘i o‘rinbosari fuqaroning o‘g‘liga nogironlik nafaqasini chiqarib berishni va’da qilib, buning evaziga 500 ming so‘m pora olgani aytilmoqda. Kitob tuman sudi shifokorni aybli deb topib, unga 5 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi.

Qashqadaryodagi avariyada yetti kishi vafot etdi. Ular orasida bir va to‘rt yoshli bolalar bor
13 may 2021, 13:39

Qashqadaryodagi avariyada yetti kishi vafot etdi. Ular orasida bir va to‘rt yoshli bolalar bor

Qashqadaryo viloyatida «VAZ 21−01» va Nexia avtomashina to‘qnashuvi oqibatida yetti kishi vafot etdi. Ulardan ikki nafari bir va to‘rt yoshli bola bo‘lgan. YTHga haydovchilarning yuqori tezlikda harakatlanishi bilan birga yo‘llarning nosozligi sabab bo‘lgani aytilmoqda. Holat bo‘yicha viloyat hokimi Zoir Mirzayev yig‘ilish o‘tkazdi. «Barchaga bu holat ibrat bo‘lsin. Yo‘l erkalikni ko‘tarmaydi», — dedi u.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting